Mourinyo “Inter”ga qarshi Trentni yarim himoyada o‘ynatishi mumkin
“Real Madrid” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Chempionlar Ligasi doirasidagi “Inter”ga qarshi uchrashuv oldidan yarim himoya chizig‘ida noodatiy yechimlardan foydalanishi mumkin. Madridliklar Arda Gyuler, Bernardo Silva va Eduardo Kamavinganing diskvalifikatsiyasi sabab markaziy chiziqda jiddiy yo‘qotishlarga duch kelgan.
Variantlardan biri — Trent Aleksander-Arnoldni yarim himoyaga o‘tkazish. Mourinyo matbuot anjumanida aynan Trentning markazda o‘ynashi haqidagi savolga aniq javob bermadi, biroq murabbiylar shtabida “to‘rt-beshta variant” borligini ta’kidladi. Angliyalik futbolchi faoliyati davomida markaziy yarim himoyada ham o‘ynagan va Mourinyo uni “Betis”ga qarshi bahsda ham ichkaridagi pozitsiyada sinab ko‘rgan edi.
Shu bilan birga, Orelyen Tchuameni va Tiago Pitarch mashg‘ulotlarga qaytgan, bu esa Mourinyoga qo‘shimcha tanlov imkonini beradi. Hozircha “Inter”ga qarshi asosiy tarkib tasdiqlanmagan. “Real” Chempionlar Ligasidagi yangi mavsumni 8-sentabr kuni “Santyago Bernabeu”da “Inter”ga qarshi boshlaydi.