locale OZ

Mourinoning «Real»ga tayinlanishi kechikishi mumkin

Rikelmening fikri boshqacha.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mourinoning “Real”ga tayinlanishi kechikishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Real Madrid" prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme Joze Mourinoning klubga kelishi mumkinligi haqida gapirib, klubga uzoq muddatli rivojlanish loyihasi kerakligini aytdi.

Abc.es nashriga bergan intervyusida u Mourinoni klubning hozirgi rivojlanish bosqichi uchun mos variant sifatida ko'rmasligini aytdi.

"Joze Mourino – ajoyib murabbiy, ammo bizning vaziyatimizda "Real Madrid"ga qisqa muddatli tuzatish emas, uzoq muddatli loyiha kerak, deb hisoblaymiz. Biz o'rta va uzoq muddatli loyiha bilan yo'nalishni butunlay o'zgartirishimiz kerak. Men mourinist ham, antimourinist ham emasman, men madridistman", – dedi Rikelme nashrga bergan intervyusida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting