locale OZ

Mourino: «Bu g‘alaba juda muhim edi»

“Real” ustozi jamoasining g'alabasi haqida fikr bildirdi.
Mourino: «Bu g‘alaba juda muhim edi»
ФОТО: Getty images

“Real” bosh murabbiyi Joze Mourino La Liganing 5-turida “Rayo Valekano” ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jamoasi o‘yiniga baho berdi.

“Gʻalaba juda muhim. Ayniqsa, chempionatdagi avvalgi mag‘lubiyatdan keyin. Biz o‘yin taqdirini birinchi bo‘limdayoq hal qildik. Ikkinchi bo‘limda yorqin o‘yin ko‘rsatmagan bo‘lsak-da, ayrim o‘zgarishlar orqali yarim himoyadagi barqarorlikni ta’minladik. Futbolchilar mening hurmatim va olqishimga loyiq.

Biz ko‘p gol uramiz, shu bilan birga ko‘plab imkoniyatlarni ham boy beryapmiz. To‘pni nazorat qilamiz, uni yo‘qotganimizda shiddat bilan qaytarib olishga harakat qilamiz va tezlikni oshiramiz. Gʻalabadan xursandman”, - dedi portugaliyalik mutaxassis.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting