Moskvaliklar Fayzullaevning transferi uchun 'Istanbul'dan to‘liq to‘lovni kutmoqda
CSKA hali to‘liq pulni olmagan
Rasm: Instagram
CSKA klubi matbuot xizmati rahbari Kirill Breydo turli OAVga intervyu berdi. Suhbat davomida u o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Abbosbek Fayzullaev transferi uchun turk klubi "Istanbul Basaksehir"dan to‘liq to‘lov hali amalga oshirilmaganini ma'lum qildi.
"Biz uchun moliyaviy kafolatlar juda muhim edi. Muzokaralar davomida aynan shularni hisobga oldik. Yaqin vaqt ichida to‘liq summani olamiz", — dedi Breydo.
Eslatib o‘tamiz, "Istanbul Basaksehir" joriy yil Fayzullaevni CSKAdan 7 million yevro evaziga xarid qilganini e'lon qilgandi. Futbolchi besh yillik shartnoma imzoladi va yillik maoshi 1 million yevroni tashkil etadi. Ayrim manbalarga ko‘ra, bonuslar hisobiga transfer 10 million yevrogacha oshib ketishi mumkin.
Bakradze Iman
Redaktor