locale OZ

Morten Yulmann \"Sporting\" muxlislari bilan xayrlashdi

Futbolchi "Atletiko Madrid" bilan shartnoma imzoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Morten Yulmann "Sporting" muxlislari bilan xayrlashdi
FOTO: Getty Images

Daniyalik yarim himoyachi Morten Yulmann Madridning "Atletiko" klubiga rasman o‘tganidan so‘ng, Lissabonning "Sporting" jamoasi ishqibozlariga hissiyotlarga boy murojaat bilan chiqdi.

— "Salom, sportingchilar. Bugun men uchun biroz g‘amgin kun, chunki o‘zim ulg‘aygan, akademiyada, uy va safar o‘yinlarining har bir soniyasini qadrlagan qadrdon jamoam — 'Sporting'ni tark etmoqdaman.

'Sporting' yuragimdan juda chuqur joy olgan. Bu yerda qizim dunyoga keldi va kelajakda unga qachondir 'Sporting' sardori bo‘lganimni g‘urur bilan aytib beraman. Bu men bilan bir umrga qoladigan ulkan faxrdir. Kelajakda bu yerga albatta qaytaman va bundan buyon men ham siz kabi jamoaning oddiy bir muxlisiga aylanaman. Força, Sporting", — deya ta’kidladi Yulmann "Sporting" klubining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida joylashtirilgan videomurojaatida.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting