Morten Yulmann APLga yo'l olishi mumkin
26 yoshli xavbekka "Arsenal" hamda "Manchester United" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
ФОТО: Getty images
Lissabonning "Sporting" klubi yarim himoyachisi Morten Yulmann yaqin oylarda Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, portugaliyalik klub futbolchiga yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida jamoani tark etishga ruxsat bergan. 26 yoshli xavbekka "Arsenal" va "Manchester United" jiddiy qiziqish bildirmoqda va aynan shu ikki klub uning asosiy da'vogarlari sifatida ko'rilmoqda.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Yulmannning bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi "Sporting" safida barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist