Moriyasu Osiyo kubogidan so‘ng Yaponiya terma jamoasini tark etadi
Yaponiya futbol assotsiatsiyasi (JFA) milliy terma jamoa bosh murabbiyi Hajime Moriyasu o‘z lavozimida qolishini rasman e’lon qildi.
Assotsiatsiya ma’lumotiga ko‘ra, 56 yoshli mutaxassis 2027 yil yanvar–fevral oylarida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi yakunigacha Yaponiya terma jamoasini boshqarishda davom etadi.
Shundan so‘ng milliy jamoa bosh murabbiyligi lavozimini hozirda Yaponiya U-21 terma jamoasini boshqarayotgan Go Oiva egallaydi. U ayni paytda ikki vazifani birgalikda bajarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida F guruhida ishtirok etdi. Jamoa 5 ochko jamg‘arib, Niderlandiya (7 ochko)dan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, Shvetsiya 4 ochko bilan uchinchi, Tunis esa ochkosiz so‘nggi o‘rinni band etdi.
Moriyasu shogirdlari pley-offning 1/16 finalida Braziliyaga qarshi bahs olib bordi va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashdi.