locale OZ

Morgan Sanson «Nitsa»ni tark etishi mumkin

Yarimhimoyachi yetarli oʻyin amaliyotiga ega boʻlmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Morgan Sanson «Nitsa»ni tark etishi mumkin
FOTO: Getty Images

Yarimhimoyachi Morgan Sanson yanvar oyida yetarli o‘yin amaliyoti yo‘qligi sabab «Nitsa»ni tark etishi mumkin. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.

Futbolchi 2023 yilda «Aston Villa»dan ijara asosida «burgutlar» safiga kelib qo‘shilgan va asosiy tarkibning muhim futbolchisi sifatida o‘zini ko‘rsata olgan edi. 2024 yilda Morgan fransuz klubi bilan to‘liq shartnoma imzoladi, biroq o‘tgan mavsumning katta qismini jarohat sabab o‘tkazib yubordi. Uning pozitsiyadagi raqiblari — Sharl Vanhaut va Salis Samedning yozda klubga kelishi asosiy tarkibdan joy olish uchun raqobatni yanada kuchaytirdi.

Joriy mavsumda Sanson barcha musobaqalar doirasida 20 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsa-da, Liga 1 bahslarida atigi uch marta boshlang‘ich tarkibdan joy oldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting