locale OZ

Morgan Gibbs-Uayt — Angliya Premyer-ligasining aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi

«Nottingem Forest» yarimhimoyachisi oʻtgan oyda 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Morgan Gibbs-Uayt — Angliya Premyer-ligasining aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi
FOTO: Getty Images

«Nottingem Forest» yarimhimoyachisi Morgan Gibbs-Uayt Angliya Premyer-ligasida aprel oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda APLning X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi xabar bermoqda.

Gibbs-Uayt o‘tgan oy davomida «Nottingem Forest»ning asosiy tarkibida uch bor maydonga tushib, «Aston Villa» (1:1), «Byornli» (4:1) hamda «Sanderlend» (5:0) jamoalariga qarshi bahslarda ishtirok etdi. Ushbu uchrashuvlarda kelib chiqishi yamaykalik bo‘lgan ingliz futbolchisi 4 ta gol urdi va bitta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Muvaffaqiyatli seriya tufayli «o‘rmonchilar» Angliya chempionatining xavfli hududidan (chiqib ketish zonasi) yuqoriga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘lishdi. Ayni damda jamoa 35 ta o‘yindan so‘ng 42 ochko jamg‘argan holda, turnir jadvalining 16-pog‘onasini egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting