locale OZ

Morgan: «Angliya Evro-2028da g‘olib chiqishimiz mumkin»

Angliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi.
Morgan: «Angliya Evro-2028da g‘olib chiqishimiz mumkin»
ФОТО: Getty images

Taniqli jurnalist va teleboshlovchi Piers Morgan Angliya terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtirokini yuqori baholadi.

Tomas Tuxel shogirdlari yarim finalda Argentinaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Keyin esa uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Fransiyani 6:4 hisobida mag‘lub etib, musobaqani bronza medallari bilan yakunladi.

“Bu Angliya terma jamoasidan faxrlanaman. Jamoa finalga chiqishdan atigi besh daqiqa uzoqlikda edi. Men ko‘rgan Angliya terma jamoalari orasida eng yaxshi o‘yinini namoyish etdi. Meksikaga qarshi uchrashuvda qahramonona kambek qildi, Fransiyani yirik hisobda mag‘lub etdi va 1966 yildan beri eng yaxshi natijani qayd etdi.

Jamoa va Tomas Tuxel tanqidga ortiqcha duch kelmoqda. Biz Yevropa chempionatida g‘olib bo‘lamiz”, — deb yozdi Morgan ijtimoiy tarmoqda.

Ma’lumot uchun, Angliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egallab, 1966 yildan buyon mundiallardagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting