locale OZ

Morataga o'lim bilan tahdid qilgan muxlis hibsga olindi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Morataga o'lim bilan tahdid qilgan muxlis hibsga olindi
FOTO: Getty Images

UEFA Millatlar Ligasi finalidan so'ng Ispaniya terma jamoasi muxlisi Alvaro Morataga o'lim bilan tahdid qildi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 19 yoshli yigit onlayn tarzda futbolchi va uning oilasini o'ldirishini aytgan. Tekshiruvlar natijasida ayblanuvchining shaxsi aniqlanib, hibsga olingan.

Eslatib o'tamiz, Millatlar Ligasining hal qiluvchi o'yinida Ispaniya Portugaliyaga mag'lub bo'lgandi. Asosiy va qo'shimcha bo'limlar 2:2 hisobida yakunlangan. Penaltilar seriyasida esa omad portugallarga kulib boqqan (5:3). Morata esa penaltini golga aylantira olmagan.

Ma'lumot uchun, Alvaro Morata “Milan” futbolchisi hisoblanadi. U o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida Turkiyaning “Galatasaroy” klubida o'tkazdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting