locale OZ

Morata rafiqasi bilan ikkinchi bor turmush qurishni rejalashtirmoqda

Juftlik so‘nggi yillarda ikki marta ajrashish yoqasiga kelgan, 2024-yil avgustida esa munosabatlarini rasman tugatgan edi.
Morata rafiqasi bilan ikkinchi bor turmush qurishni rejalashtirmoqda
Foto: Getty Images

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morata va uning turmush o‘rtog‘i Alise Kampello yana nikoh qasamlarini yangilashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Kampelloning o‘zi Madridda o‘tkazilgan Formula-1 tadbirida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, juftlik so‘nggi yillarda ikki marta ajrashish yoqasiga kelgan, 2024-yil avgustida esa munosabatlarini rasman tugatgan edi. Keyinchalik ular yarashdi va oilani, ayniqsa, to‘rt nafar farzandini birinchi o‘ringa qo‘yib, munosabatlarini tiklashga qaror qildi.

Kampello yangi marosim avvalgidan ancha kamtarona bo‘lishini istayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu safar faqat eng yaqin insonlar va farzandlari ishtirok etadigan kichik, oilaviy marosim o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Juftlikning ilk to‘yi 2017-yil 17-iyunda Venetsiyada bo‘lib o‘tgan va unda 400 dan ortiq mehmon qatnashgan.

Ma’lumot uchun, Morata ayni paytda “Leganes” safida to‘p tepmoqda va oilasi bilan Madridda yashamoqda. Juftlikning to‘rt nafar farzandi bor.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting