locale OZ

Morata JCH-2026 ga chaqirilmagani haqida fikr bildirdi

Futbolchi yakuniy ro'yxatga kiritilmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Morata JCH-2026 ga chaqirilmagani haqida fikr bildirdi
ФОТО: Getty images

«Como» klubining 33 yoshli hujumchisi Alvaro Morata 2026 yilgi jahon chempionati uchun Ispaniya terma jamoasiga chaqirilmaganiga izoh berdi.

«Men shunday bo‘lishi kerakligini tushunaman. Men jahon chempionati uchun terma jamoa tarkibidan joy olishga loyiq emasdim. Ha, bu mening jahon chempionatida o‘ynash uchun so‘nggi imkoniyatim edi va Ispaniya aniq uni yutishi mumkin. Ammo hayot shunday. Albatta, men u yerga borishni xohlagan bo‘lardim. Men jamoani qo‘llab-quvvatlayman.

Terma jamoada juda qiyin davrlarni boshdan kechirdim, lekin ayni paytda bu mening futbolda eng yaxshi ko‘rgan narsamdir. Milliy terma jamoa — bu o‘yindan zavq olganing uchun mukofot. Men yana o‘yindan zavq olishni boshlashim kerak va umid qilamanki, bir kun kelib terma jamoaga qayta olaman», – deya Morataning so‘zlarini keltiradi AS.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting