Morata faoliyatidagi eng katta xatosini ma’lum qildi
Futbolchi Marca nashriga intervyu berdi.
ФОТО: Getty images
Italiyaning «Komo» klubi hujumchisi Alvaro Morata «Atletiko»dan ketganini o‘z faoliyatidagi eng katta xato deb atadi.
«Atletiko»dan ketish haqidagi qarorim karyeram davomidagi eng katta xato bo‘lgan. Men butun faoliyatim davomida qo‘lga kiritgan barcha sovrinlarimni «Atletiko» bilan yutadigan birgina titulga almashtirgan bo‘lardim. Bu men sevgan klub, u yerda juda baxtli edim», — deya uning so‘zlarini iqtibos qiladi Marca nashri.
«Atletiko»dagi faoliyati: 154 ta o‘yinda 58 ta gol va 14 ta assist.
«Atletiko»dan tashqari, «Yuventus», «Chelsi», «Galatasaroy», «Milan» va hozirda «Komo» safida to‘p tepgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist