locale OZ

Morata \"Como\"ga o'tishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Morata "Como"ga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images

"Milan" Alvaro Moratani "Como"ga sotishga tayyor. Bu haqda Milan News nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, ispaniyalik hujumchining transferi borasida muzokaralar olib borilmoqda. "Rossonerilar" 15-18 mln yevro ishlab olmoqchi.

Shu bilan birga, qishdan beri "Galatasaray"da to'p tepayotgan Morataning ijarasini to'xtatishga to'g'ri keladi.

Shuningdek, unga La Liga jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Ispaniya terma jamoasi futbolchisi 2024/25 yilgi mavsumda A Seriyada 16 ta, Turkiya chempionatida 12 ta o'yin o'tkazib, jami 11 ta gol urdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting