locale OZ

«Monako» Sebalyos’ni ijaraga olmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Monako» Sebalyos’ni ijaraga olmoqchi
Фото: Getty Images

“Real” yarim himoyachisi Dani Sebalyos faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar ehtimoliy kelishuv tafsilotlarini muhokama qilmoqda. Frantsiya klubi 29 yoshli ispaniyalikni sotib olish huquqi bilan ijaraga olish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, Sebalyosning "Real" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. U 2024/25 yilgi mavsumda 45 o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting