locale OZ

“Monako” Romelu Lukaku transferiga qiziqish bildirmoqda

“Napoli” ayrim yangi transferlarni amalga oshirish uchun belgiyalik hujumchini sotishni rejalashtirmoqda.
“Monako” Romelu Lukaku transferiga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

“Napoli” hujumchisi Romelu Lukaku faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Foot Mercato ma’lumotiga ko‘ra, “Monako” 33 yoshli belgiyalik futbolchining transferiga qiziqish bildirmoqda. Klub Folarin Balogunning ehtimoliy ketishini hisobga olib, Lukakuni hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Monako” futbolchining transfer shartlari yuzasidan ma’lumot so‘ragan. “Napoli” esa Lukakuni taxminan 10 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Italiya klubi ayrim yangi transferlarni amalga oshirish uchun belgiyalik hujumchini sotishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, “Napoli” Lukakuning ehtimoliy o‘rniga “Arsenal” hujumchisi Gabriel Jezusni ko‘rib chiqayotgani aytilmoqda.

O‘tgan mavsumda Lukaku jarohatlar sabab 196 kunni safdan tashqarida o‘tkazib, barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvni o‘tkazib yubordi. U mavsum davomida atigi 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting