locale OZ

«Monako» «PSJ»ga qarshi oʻyin oldidan jiddiy yoʻqotishga uchradi

Tomonlar oʻrtasidagi dastlabki bahs 17 fevral kuni boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Monako» «PSJ»ga qarshi oʻyin oldidan jiddiy yoʻqotishga uchradi
FOTO: Getty Images

«Monako» hujumchisi Magnes Akliush jarohati sababli 17 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining «Pari Sen-Jermen»ga qarshi dastlabki uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda Get French Football News xabar bermoqda.

Futbolchi «Nant»ga qarshi bahsni (3:1) oxirigacha yetkaza olmadi va o‘yinning 43-daqiqasida zaxiraga olindi.

«Magnes shunchaki almashtirishni so‘raydigan o‘yinchilar sirasiga kirmaydi, uning xarakteri shunday», — dedi «Monako» bosh murabbiyi Sebastyen Pokonyoli.

Mutaxassis, shuningdek, Akliushning jarohati mushaklar bilan bog‘liqligini va futbolchi bir qator tibbiy ko‘riklardan o‘tishini ta’kidladi. Lamin Kamara ham «Nant» bilan o‘yin davomida jarohat shubhasi bilan almashtirilgan edi, biroq uning maydonni tark etishi ko‘proq profilaktik xarakterga ega bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting