«Monako» Lukakuni sotib olishga qiziqmoqda
"Napoli" klubi hujumchisi Romelu Lukaku faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Foot Mercato nashri ma'lumotiga ko'ra, 33 yoshli belgiya hujumchisiga "Monako" jamoasi jiddiy e'tibor qaratmoqda.
Ma'lum qilinishicha, tarkibni tark etishi kutilayotgan Folarin Balogun o'rniga hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirayotgan "Monako" allaqachon Lukaku transferi bo'yicha dastlabki ma'lumotlarni so'rab murojaat qilgan.
"Napoli" belgiya futbolchisini taxminan 10 million yevro atrofidagi summa evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Lukaku o'tgan mavsumda jarohatlar sabab 196 kun davomida shifoxona ro'yxatida qoldi va turli musobaqalarda jami 34 ta o'yinni o'tkazib yubordi. Natijada u butun mavsum davomida bor-yo'g'i 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, jami 64 daqiqa o'ynab, 1 ta gol urgan.