«Monako» «Lans»ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi
«Monako» ochkolarini 13 taga yetkazib, Liga 1 jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.
ФОТО: Getty images
Fransiya chempionatining 5-turida «Monako» o‘z maydonida «Lans»ni qabul qildi.
Uchrashuvni mezbonlar faol boshladi va 32-daqiqada hisobni ochdi. Mattis Ablinning uzatmasidan so‘ng Paris Brunner aniq zarba bilan «Monako»ni oldinga olib chiqdi. Tanaffusga qadar hisob o‘zgarmadi — 1:0.
Ikkinchi bo‘limda «Lans» faolligini oshirdi va 57-daqiqada muvozanatni tikladi. Florian Tovennning uzatmasidan keyin Matiu Udol o‘z nomini tabloga yozdirdi.
Biroq uchrashuv yakunida «Monako» yana oldinga chiqdi. Jonatan Gradining o‘z darvozasiga kiritgan to‘pi mezbonlarga g‘alabani taqdim etdi.
Shu tariqa, «Monako» ochkolarini 13 taga yetkazib, Liga 1 jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Lans» esa 4 ochko bilan 10-pog‘onada qoldi.