locale OZ

«Monako» Fransiya chempionatida ketma-ket yettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Hozirda monegasklar Liga 1 turnir jadvalida beshinchi oʻrinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Monako» Fransiya chempionatida ketma-ket yettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
FOTO: Getty Images

Liga 1'ning 28-turida «Monako» o‘z maydonida «Marsel» jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu natija evaziga monegasklar chempionat doirasidagi ketma-ket yettinchi g‘alabasini tantana qilishdi.

Jamoaning ushbu muvaffaqiyatli yurishi 22-turda «Nant» ustidan qozonilgan g‘alaba (3:1) bilan boshlangan edi. Shundan so‘ng «Monako» quyidagi jamoalarni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi:

  • «Lans» (3:2)
  • «Anje» (2:0)
  • «PSJ» (3:1)
  • «Brest» (2:0)
  • «Lion» (2:1)
  • «Marsel» (2:1)

Mazkur g‘alabali seriya jamoaning turnir jadvalidagi o‘rnini sezilarli darajada mustahkamladi. Hozirda «Monako» 28 o‘yindan so‘ng 49 ochko jamg‘argan holda Fransiya oliy divizioni jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.

«Monako» o‘zining navbatdagi bahsini 10 aprel kuni safarda «Parij» jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting