\"Monako\" Fatiyning 50 foiz maoshini to‘laydi
Photo: Getty Images
"Barselona" va "Monako"ning Ansu Fati bo‘yicha kelishuvi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
Avvalroq, klublar vingerning keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingandi.
"Monako" bilan to‘liq va yakuniy kelishuvga erishish uchun "Barsa" va futbolchi shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishib olishi kerak.
Vingerning amaldagi shartnomasi 2027 yilda tugaydi va yana bir yilga uzaytirilishi kerak.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, dastlab faqat 30 foiz to‘lamoqchi bo‘lgan monegasklar futbolchining maoshining 50 foizini to‘lashga rozi bo‘ldi.
Taxminlarga ko‘ra, Fati payshanba kuni Monte-Karloda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, juma kuni shartnoma imzolaydi va shanba kuni mashg‘ulotlarga kirishadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist