locale OZ

\"Monako\" Fati bilan kelishuvga erishdi

Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
"Monako" Fati bilan kelishuvga erishdi
Photo: Getty Images

"Barselona" vingeri Ansu Fati tez orada "Monako"da paydo bo‘lishi mumkin.

Insayder Fabrizio Romanoning ma'lumotlariga ko‘ra, klublar sotib olish imkoni ham kiritilgan ijara shartnomasining so‘nggi tafsilotlarini muhokama qilishmoqda.

Fati bir necha kun ichida yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shartnoma imzolaydi. Shundan so‘ng, "Monako" uning transferini rasman e'lon qiladi.

Avvalroq jamoa Pol Pogba bilan ham kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgandi.

O‘tgan mavsum Fati Ispaniya chempionatida 6 ta o‘yin o‘tkazdi, ammo maydonni golsiz tark etdi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting