\"Monako\" De Xeani o'z safiga qo'shib olmoqchi
Unga Fransiyadan takliflar tushmoqda
Photo: Getty Images
"Fiorentina" klubining ispaniyalik darvozaboni David de Xea "Monako"ga o'tishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "Monako" De Xeani o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan. “Fiorentina” esa De Xeani saqlab qolish va uning shartnomasini 2028 yilning yozigacha uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borayotgani xabar qilingan.
De Xea joriy mavsum “Fiorentina” safida barcha turnirlar doirasida 42 ta o'yin o'tkazib, 50 ta gol o'tkazib yuborgan va 11 ta o'yinda o'z darvozasini daxlsiz saqlab qolgan. Futbolchining amaldagi klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning yozigacha amal qiladi va uni yana bir yilga uzaytirish mumkin.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist