“Monako” “Chelsi”ning Lamin Kamara uchun 45 million yevrolik taklifini rad etdi
Fransiyaning “Monako” klubi yarim himoyachi Lamin Kamarani sotishga shoshilmayapti. Jurnalist Mett Lou ma’lumotiga ko‘ra, klub “Chelsi”ning 22 yoshli senegallik futbolchi uchun bergan 45 million yevrolik taklifini rad etdi.
Hozircha London klubi yaxshilangan taklif bilan qaytadimi yoki yo‘qmi, noma’lum. “Chelsi” markaziy yarim himoyasini kuchaytirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda va Kamara asosiy nomzodlardan biri sifatida tilga olinmoqda.
Kamara joriy mavsum barcha musobaqalarda 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Uning “Monako” bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt senegallik futbolchining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda. Angliyada yozgi transfer oynasi 1-sentabrdan 2-sentabrga o‘tar kechasi yopiladi, shu sababli “Chelsi”da kelishuvni yakunlash uchun vaqt kam qolgan.