«Monako» bosh murabbiyi Pobganing tiklanish jarayoni haqida fikr bildirdi
«Monako» bosh murabbiyi Sebastyen Pokonoli jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbaning tiklanish jarayoni haqida fikr bildirdi.
«Uning tezroq qaytishiga umid qilaman, lekin oxirgi marta shunday deganimda… Shuning uchun bu safar shoshilmayapman. Hammasi o‘z vaqtida bo‘ladi», — deya Pokonolining so‘zlarini keltiradi L'Équipe.
32 yoshli futbolchi 30 oktyabr kuni mashg‘ulot paytida to‘qnashuv natijasida tovonidan jarohat olgan edi. Bunga qadar esa u o‘ng son mushagidagi cho‘zilishdan tiklanayotgan bo‘lgan. Pogba hali «Monako» safida birorta ham o‘yin o‘tkazgani yo‘q.
So‘nggi bor u maydonga ikki yil avval — 2023 yil sentabr oyida — «Yuventus» tarkibida «Empoli»ga qarshi bahsda 28 daqiqa o‘ynagandi.
«Monako» 22 noyabr, shanba kuni Fransiya chempionatining 13-turida «Renn»ga qarshi bahs olib boradi.