locale OZ

«Monako» Ansu Fati transferi bo‘yicha «Barselona» bilan kelishuvga erishdi

Unga koʻra, transfer narxi 11 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
«Monako» Ansu Fati transferi bo‘yicha «Barselona» bilan kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

«Monako» klubi bundan avval jamoa safida ijra asosida to‘p surgan vinger Ansu Fati transferi borasida «Barselona» bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaning keltirishicha, tomonlar ushbu bitimni yakunlashga juda yaqin turishibdi, transfer qiymati esa 11 million yevroni tashkil etadi.

Ansu Fati «Sevilya» va «Barselona» klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional darajada u kataloniyaliklar safida o‘ynagan, shuningdek, uning faoliyati davomida «Brayton» klubi ham bor.

Bundan tashqari, vinger Ispaniya milliy terma jamoasi safida ham uchrashuvlar o‘tkazgan. Ortda qolgan mavsumda futbolchi jami 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting