locale OZ

Mo‘minjon Meliyev — Yo‘q bo‘lib qolishining sababi, jamoadagi ichki muhit, Superliga yo‘llanmasi uchun kurashdagi raqiblar haqida

Metallurg navbatdagi tur uchrashuviga, "Paxtakor" FJga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mo‘minjon Meliyev — Yo‘q bo‘lib qolishining sababi, jamoadagi ichki muhit, Superliga yo‘llanmasi uchun kurashdagi raqiblar haqida
photo: Metallurg FK

Mo‘minjon Meliyev — "Yo‘q" bo‘lib qolishining sababi, jamoadagi ichki muhit, Superliga yo‘llanmasi uchun kurashdagi raqiblar haqida

Xabar berganimizdek, Metallurg navbatdagi tur uchrashuviga, "Paxtakor" FJga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

Bekabodliklarning tajribali hujumchilaridan biri Mo‘minjon Meliyev jarohat sabab oxirgi turlarni o‘tkazib yubordi va 4-turda safga qaytdi.

Hujumchi BuxDU bilan bahsda nafaqat qaydnomaga kiritildi, balki maydonda bir necha daqiqa harakat qilib, jamoamizning g‘alabasiga ham hissa qo‘shdi.

Klub matbuot hizmati futbolchining fikrlari bilan qiziqdi:

"Dastlabki turdan keyin "yo‘q" bo‘lib qolishingiz sababi va tiklanish jarayoni haqida aytib bersangiz
Assalomu alaykum. Dastlabki turda Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan, "Yaypan"ga qarshi bahsda maydonga tushdim. Uchrashuvdan keyin mashg‘ulotda jarohat oldim va shifokorlarimizning ko‘rsatmasiga binoan jamoaga yordam bera olmadim hamda tiklanish jarayonini o‘tkazdim. Boshqa hech qanday muammo yo‘q.

Aslida barchasi kutilmaganda bo‘ldi. Kichik jarohat oldim, shukrki barchasi yengil o‘tdi. O‘z navbatida, imkon qadar tez safga qaytishimda astoydil mehnat qilgan jamoam shifokori va massajchilariga alohida rahmat aytmoqchiman.

Jamoadagi ichki muhit haqida...
Jamoamizda ichki muhit a’lo darajada. Barchamiz bir-birimiz bilan aka-uka va bir oiladekmiz, ko‘z tegmasin. Kerak vaqtlarda tajribaliroq futbolchilar yoshlarga maslahat bermoqda, yoshlar ham o‘z navbatida o‘zlari uchun qimmatli fikrlarni to‘g‘ri qabul qilib, akalarni hurmat qilyapti.

Jamoa oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilgan. 4-turdan keyin jamoa qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga yetakchi bo‘lib oldi, ammo hali mavsum startida turibmiz va oldinda o‘yinlar ko‘p. Bu borada siz qanday fikrdasiz?
Maqsadimiz "Metallurg"ni Superligaga qaytarish. Biz bu yo‘lda aynan shu maqsadni ko‘zlab davom etyapmiz. Barcha jamoalarni hurmat qilamiz, ammo chempionlik uchun kurashda aniq bir raqibni ajratib ko‘rsatmagan bo‘lardim. Istalgan raqibga qarshi bahsda maydonga faqat g‘alaba uchun tushamiz",-dedi futbolchi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting