Mo‘min Meliyev — «Metallurg» futbolchisi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan «Metallurg» tarkibni shakllantirish, kuchaytirish ishlarini ham jadal suratlarda olib bormoqda.
Jumladan, hujumchi Mo‘min Meliyev yangi mavsumda "Metallurg" sharafini himoya qiladi.
Ma’lumot uchun, Mo‘min Meliyev 1997-yilning 5-aprel sanasida Jizzaxda tavallud topgan.
25 yoshli hujumchi faoliyati davomida "So‘g‘diyona", "Mash’al", "Qo‘qon-1912", "Lokomotiv", "Xorazm" , "Istaravshan" (Tojikiston), "Partizan Bardeyov" (Slovakiya) jamoalarida to‘p tepgan.
O‘tgan mavsum Meliyev Slovakiyaning "Partizan Bardeyov" klubi safida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma yetkazib bergan.
"Mo‘min Meliyev yangi mavsumda jamoamiz g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishiga ishonib qolamiz va unga omad yor bo‘lishini tilagan holda bekobodliklar safiga xush kelibsan deymiz.
Mo‘min Meliyev
Tug‘ilgan sanasi: 05.04.1997
Tug‘ilgan joyi: Jizzax
Bo‘yi: 1.91
Ampluasi: Hujumchi
O‘ynagan jamoalari: "So‘g‘diyona", "Mash’al", "Qo‘qon-1912", "Lokomotiv", "Xorazm" , "Istaravshan" (Tojikiston), "Partizan Bardeyov" (Slovakiya).