locale OZ

Moliyaviy inqiroz: “Turan” o‘zbek futbolchilari bilan xayrlashmoqda

Qozog‘iston klubi barcha legionerlar bilan shartnomani bekor qilmoqchi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: upl.uz

Qozog‘istonning “Turan” futbol klubi moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Mavjud holat sabab klub barcha legionerlar bilan xayrlashish qarorini qabul qildi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, jamoa safida to‘rt nafar o‘zbek futbolchisi to‘p surmoqda. Shakhboz Umarov, Xurshid Muxtorov va Odil Abdumajidov klub bilan shartnoma asosida o‘ynayotgan bo‘lsa, Behruh Askarov esa “Paxtakor”dan ijaraga asosida jamoaga qo‘shilgan.

Futbolchilarning keyingi taqdiri hozircha nomaʼlum. Ehtimol, “Turan” klubi ularga kompensatsiya to‘lashga majbur bo‘ladi. Katta ehtimol bilan, ushbu futbolchilar O‘zbekiston chempionatiga qaytishi mumkin.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting