locale OZ

Moize Kin shu hafta yangi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi

Moize Kin “Fiorentina” safida 2024-yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Moize Kin shu hafta yangi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi
Foto: Getty Images

“Fiorentina” hujumchisi Moize Kin faoliyatini “Komo”da davom ettirishga yaqin. 26 yoshli italiyalik futbolchi shu hafta tibbiy ko‘rikdan o‘tib, yangi klubi bilan besh yillik shartnoma imzolaydi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano ma’lum qildi.

Kelishuvga ko‘ra, “Komo” Kin uchun dastlab 5 million yevro ijara puli to‘laydi. Mavsum yakunida esa 30 million yevroga majburiy sotib olish bandi ishga tushadi. Shuningdek, yana 5 million yevro bonuslar ko‘zda tutilgan.

Futbolchining o‘zi ham “Komo”ga o‘tishga rozilik bergan. Shu tariqa, Kin faoliyatini Sesk Fabregas boshchiligidagi jamoada davom ettiradi.

Ma’lumot uchun, Moize Kin “Fiorentina” safida 2024-yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting