Modrich Xorvatiyada yil futbolchisi
U ketma-ket esa 10-marta qo‘lga kiritdi.
ФОТО: Getty images
“Milan” yarim himoyachisi Luka Modrich Xorvatiyaning 2025 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda “rossoneri” matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, 40 yoshli futbolchi ushbu mukofotni faoliyati davomida 14-marta, ketma-ket esa 10-marta qo‘lga kiritdi.
Joriy mavsumda Luka Modrich klub darajasidagi barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 3 ta assist muallifi bo‘ldi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.
Hozirda tomonlar shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist