Modrich Xorvatiya terma jamoasi safida 200-o‘yinni o‘tkazdi
Luka 2006 yildan beri terma jamoa libosida to‘p surib keladi.
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati-2026 guruh bosqichi doirasidagi Panamaga qarshi bahs Xorvatiya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich uchun milliy jamoadagi 200-o‘yin bo‘ldi.
40 yoshli xorvatiyalik 2006 yildan mart oyidan buyon terma jamoa safida maydonga tushib kelmoqda.
Ma'lumot uchun, 200 o‘yinda Luka 29 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirgan hamda 11 ta sariq kartochka olgan.
Eslatib o‘tamiz, faqat portugaliyalik Krishtianu Ronaldu (230 o‘yin), kuveytlik Badir Al Mutava (202 o‘yin) va argentinalik Lionel Messi (201 o‘yin) xalqaro darajada Lukadan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist