Modrich Xorvatiya milliy terma jamoasida o‘ynashda davom etadi — manba
Luka Modrich 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlamaslikka qaror qildi.
Xorvatiya mundialning 1/16 final bosqichida Portugaliyaga 1:2 hisobida mag'lub bo‘lib, musobaqani tark etgan edi. Ushbu natijadan so‘ng milliy jamoa bosh murabbiyi Zlatko Dalich o‘z lavozimini tark etdi.
Tportal nashrining 24sata'ga tayanib xabar berishicha, 40 yoshli Modrich kamida yana bir mavsum Xorvatiya terma jamoasi safida o‘ynashni rejalashtirmoqda. Shuningdek, uning «Milan»da ham qolishi kutilmoqda.
Manbaga ko‘ra, Modrichning bu qaror qabul qilishiga Slaven Bilichning terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanishi ta’sir ko‘rsatgan. Aynan Bilich boshchiligida Luka Modrich 2006 yilda Xorvatiya milliy jamoasi safida ilk bor maydonga tushgan edi.