Modrich «Real»ga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi
«Milan» yarimhimoyachisi Luka Modrich o‘zining «Real»ga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. 40 yoshli xorvatiyalik futbolchi o‘tgan yilning iyun oyida madridliklar safini tark etib, erkin agent sifatida Italiya klubiga ko‘chib o‘tgan edi.
Shuningdek, matbuotda «Real» joriy mavsum yakunida «Milan» bosh murabbiyi Massimiliano Allegrini o‘z klubiga taklif qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
Madrid Xtra ijtimoiy tarmog‘i orqali Modrichning bu boradagi fikrlari keltirildi:
«Allegrining va mening «Real»ga o‘tishimizmi? Mish-mishlar doimo bo‘ladi, lekin bu meni qiziqtirmaydi. Men «Milan»da juda baxtliman».
Joriy mavsumda tajribali yarim himoyachi barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Modrichning «Milan» bilan shartnomasi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan, biroq futbolchining xohishiga ko‘ra u avtomatik ravishda yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.