Modrich: «Real» — mening uyim, unga qaytishni xohlayman»
Luka 2012–2025 yillarda «Real» sharafini himoya qilgan.
ФОТО: Getty images
«Milan» yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatini yakunlaganidan so‘ng «Real»ga qaytish istagi borligini ma’lum qildi.
«Real» — mening uyim. Men u yerga qaytishni xohlayman. Men doimo madridist bo‘lib qolaman. Madrid menga juda ko‘p narsa berdi. Qaytib, klubga foydam tegishini, yordam berishni istayman», — dedi xorvatiyalik futbolchi.
Modrich 2012–2025 yillarda «Real» sharafini himoya qilgan va klub tarixidagi eng sersovrin futbolchiga aylangan. U Madrid jamoasi bilan 28 ta sovrin, jumladan olti marta Chempionlar ligasi va to‘rt marta La Liga chempionligini qo‘lga kiritgan.