Modrich «Milan»ga shart qoʻydi
Mashhur jurnalist Janluka Di Marsio o‘z saytida «Milan»ning 40 yoshli yarimhimoyachisi Luka Modrich qanday shartlar asosida Italiya klubidagi faoliyatini davom ettirishi mumkinligini ochiqladi.
Insayder bergan ma’lumotlarga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchi «Milan»ni A Seriya turnir jadvalining yuqori pog‘onalari uchun kurasha oladigan va Chempionlar Ligasida muntazam ishtirok etadigan raqobatbardosh jamoa sifatida ko‘rishni istamoqda. Bundan tashqari, tajribali yarimhimoyachi «rossonerilar» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri o‘z lavozimida qolishidan umidvor.
2025/2026 yilgi mavsumda Modrich klub safida barcha turnirlar doirasida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hozirgi vaqtda «Milan» 63 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Ligada 75 ochko to‘plagan «Inter» peshqadamlik qilmoqda.