Modrich «Milan»da yiliga qancha maosh olishi ma'lum
40 yoshli futbolchi bilan tuziladigan yangi kelishuv 2027 yil yozigacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
Xorvatiyalik tajribali yarim himoyachi Luka Modrich yaqin kunlarda «Milan» klubi bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda mashhur insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 40 yoshli futbolchi bilan tuziladigan yangi kelishuv 2027 yil yozigacha amal qiladi. Shartnomaga muvofiq, Modrich yiliga 4,5 million yevrogacha maosh oladi.
Modrich «Milan» safiga 2025 yil yozida qo‘shilgan edi. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Transfermarkt ma'lumotiga ko‘ra, tajribali yarim himoyachining bozor qiymati 3,5 million yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist