locale OZ

Modrich «Milan»da yana bir mavsum qolishi mumkin

Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzio xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Modrich «Milan»da yana bir mavsum qolishi mumkin
ФОТО: Getty images

Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich faoliyatini "Milan"da yana bir yil davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzio xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "rossonerilar" rahbariyati 40 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma ustida ish olib bormoqda. Modrichning o'zi ham hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor. Tajribali xavbek jamoa uchun omadsiz kechgan o'tgan mavsumdan so'ng faoliyatini yuqori notada yakunlashni istamoqda.

Yakuniy qaror futbolchining ta'tilidan qaytishidan so'ng qabul qilinadi. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, Modrich iyul oyining oxirida start oladigan "Milan"ning Avstraliya bo'ylab yozgi yig'inida jamoaga qo'shiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting