locale OZ

Modrich «Milan» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Modrich «Milan» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi
Photo: Getty Images

“Real”ning sobiq yarim himoyachisi Luka Modrich dushanba kuni “Milan” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qizil-qoralar” xorvatiyalik futbolchi bilan bir yillik shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishgan.

39 yoshli futbolchining “Milan”dagi maoshi 3,5 million yevroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Luka 2012 yildan buyon “Real”da o‘ynab kelayotgan edi. Bu davr mobaynida u barcha turnirlarda 597 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, Luka 2018 yilda “Oltin to‘p” sohibiga aylangandi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting