Modrich 'Milan' bilan shartnoma imzoladi — Romano
Photo: Getty Images
“Real” bilan xayrlashgan Luka Modrich “Milan” bilan shartnoma imzoladi, deb xabar beradi insayder Fabrizio Romano.
Xorvatiyalik yarimhimoyachi madridliklar bilan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini tark etdi. Luka “qaymoqranglilar” safidagi so‘nggi o‘yinini PSJga qarshi o‘tkazdi.
Manbaga ko‘ra, 39 yoshli futbolchi milanliklar bilan bir yillik bitim tuzdi. Luka tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, transfer rasman e’lon qilinadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist