locale OZ

Modrich klublar o‘rtasidagi JCHdan so‘ng \"Milan\" bilan shartnoma imzolaydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Modrich klublar o‘rtasidagi JCHdan so‘ng "Milan" bilan shartnoma imzolaydi
Photo: Getty Images

Luka Modrich klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan so‘ng “Milan” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 39 yoshli xorvatiyalik futbolchi ayni paytda butun e’tiborini “Real” bilan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qaratgan.

Modrich Madrid klubi bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng jamoani tark etadi. So‘ngra “Milan” a’zosiga aylanadi. U italiyaliklar bilan “1+1” ko‘rinishidagi shartnoma imzolaydi. Yiliga 3-3,5 mln yevro maosh olishi mumkin.

O‘tgan mavsum Modrich “Real” safida La Ligada 35 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting