locale OZ

Modrich JCH-2026dan keyin faoliyatini yakunlashga tayyor

U "Real Madrid"da ish boshlashi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Modrich JCH-2026dan keyin faoliyatini yakunlashga tayyor
ФОТО: Getty images

Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich 2026 yilgi jahon chempionatidan so‘ng futbolchilik faoliyatini yakunlashga tayyor. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoq orqali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 40 yoshli futbolchi faoliyatini tugatgach, "Real Madrid" klubida lavozimlardan birini egallashi borasida kelishuvga erishgan.

Modrich 2012–2025 yillar davomida "Real" sharafini himoya qildi. Bu vaqt ichida u to‘rt karra Ispaniya chempioni va olti karra UEFA Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi. 2018 yilda yarim himoyachi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritib, ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan ilk xorvatiyalik futbolchiga aylandi.

Xorvatiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida L guruhida Angliya, Panama va Gana jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Xorvatlar va inglizlar o‘rtasidagi uchrashuv 16 iyun kuniga belgilangan.

Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting