locale OZ

Modrich futbolchi boʻlmaganida kim boʻlishni istaganini aytdi

Xorvatiyalik yarimhimoyachi hozirda «Milan» safida toʻp surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Modrich futbolchi boʻlmaganida kim boʻlishni istaganini aytdi
FOTO: Getty Images

Xorvatiyalik yarimhimoyachi, hozirda «Milan» safida to‘p surayotgan Luka Modrich futbolchi bo‘lmaganida ofitsiant bo‘lishni istaganini aytib berdi.

Keng ommaga Modrich Madridning «Real» klubidagi muvaffaqiyatli faoliyati orqali tanilgan bo‘lib, ushbu jamoa tarkibida u ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, Luka Londonning «Tottenhem» klubida ham o‘ynagan. «Milan» safida esa yarimhimoyachi 2025 yil yozidan buyon harakat qilmoqda.

«Menga oddiylik yoqadi. Oddiy oila, oddiy hayot, mayda-chuyda narsalar. O‘zimni hech qachon boshqalardan ustun deb hisoblamaganman. Umrim davomida biror marta ham o‘zimni kimdandir yuqori qo‘yganim yo‘q. Agar futbolchi bo‘lmaganimda, ofitsiant bo‘lishni istardim. Bu ishni yaxshi bajarardim va menga yoqardi.

Men mehmonxona xo‘jaligi yo‘nalishida tahsil olganman. O‘qishning birinchi yilida Zadar shahridagi Marina restoranida amaliyot o‘taganmiz, u yerda asosan to‘y marosimlari o‘tkazilardi. Men ichimliklar tarqatardim, xorvat to‘ylarida esa ichimliklar juda ko‘p bo‘ladi. Yagona yoqtirmagan jihatim — idish-tovoq yuvish edi», — deya Modrichning so‘zlarini keltiradi Corriere della Sera nashri.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting