Modrich faoliyatini «Dinamo Zagreb»da davom ettirishi mumkin
«Milan» yarimhimoyachisi Luka Modrich 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng o‘z vataniga qaytib, Zagrebning «Dinamo» jamoasi safiga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
40 yoshli futbolchi professional faoliyatini aynan Zagreb jamoasida boshlagan, uning bolalikdagi kumiri esa hozirda klub prezidenti lavozimida faoliyat yuritayotgan Zvonimir Boban hisoblanadi. Modrich ayni damda faoliyatini qadrdon klubida yakunlash variantini ko‘rib chiqmoqda.
Shu bilan birga, «Milan» tajribali futbolchi bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirish huquqiga ega. Agar Modrichning o‘zi xohish bildirsa, Italiya klubi ushbu bandni faollashtirishga tayyor. Shuningdek, xorvatiyalik yulduzning JCh-2026 dan so‘ng butunlay butsalarini mixga ilish ehtimoli ham mavjud.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Modrich «Milan» safida barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.