locale OZ

Modrich beshinchi bor Jahon chempionatida oʻynashi mumkin

Xorvatiya milliy jamoasi muddatidan avval mundial yo'llanmasini qoʻlga kiritdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Modrich beshinchi bor Jahon chempionatida oʻynashi mumkin
FOTO: Getty Images
JCH. Saralash. Yevropa
14.11.2025, Yak.
Xorvatiya
3
Farer orollari
1

Xorvatiya terma jamoasi sardori va markaziy yarim himoyachisi Luka Modrich beshinchi bor jahon chempionatida maydonga tushishi mumkin.

Zlatko Dalich boshchiligidagi jamoa JCh-2026 saralashi 9-turida Farer orollari ustidan 3:1 hisobidagi g‘alaba evaziga AQSH, Kanada va Meksikada o‘tadigan mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Modrich ilk bor 2006 yilda, atigi 20 yoshida, jahon chempionati final bosqichida ishtirok etgan. 2010 yilda xorvatlar mundialga chiqa olmagan bo‘lsa-da, 2018 va 2022 yillarda jamoa tarixiy natijalarni qayd etib, mos ravishda turnirning finali va yarim finaligacha yetib borgan hamda kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan.

Milliy jamoa safida Modrich hozirga qadar 190 ta o‘yin o‘tkazgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xorvatiya tarixidagi mutlaq rekordchi hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting