locale OZ

Modrich 5-bor Jahon chempionatida ishtirok etadi

Tarixda faqat uch nafar futbolchi jahon chempionatiga ko‘proq chaqirilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Modrich 5-bor Jahon chempionatida ishtirok etadi
ФОТО: Getty images

Bir kun avval Xorvatiya terma jamoasining Jahon chempionati—2026 uchun rasmiy qaydnomasi e’lon qilindi, undan “Milan”ning 40 yoshli yarim himoyachisi Luka Modrich ham o‘rin olgan.

Bungacha Modrich 2006, 2014, 2018 va 2022-yillardagi jahon chempionatlarida ishtirok etgan. Shunday qilib, futbolchi o‘z faoliyatidagi beshinchi jahon chempionatiga yo‘l oladi.

Tarixda faqat uch nafar futbolchi jahon chempionatiga ko‘proq chaqirilgan – Lionel Messi (Argentina), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) va Gilermo Ochoa (Meksika) o‘z terma jamoalari qaydnomasidan olti martadan o‘rin olgan.

Avvalroq 40 yoshli Luka Modrichning JCH-2026dan so‘ng faoliyatini yakunlashi haqida xabar berilgandi.

Xorvatiya terma jamoasi Jahon chempionati—2026ning guruh bosqichida L guruhidan o‘rin olgan. Uning raqiblari Angliya, Panama va Gana jamoalari bo‘ladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting