locale OZ

MLSning 3 klubi De Bryuynega qiziqish bildirmoqda

Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026/2027-yilgi mavsum oxirida o‘z nihoyasiga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MLSning 3 klubi De Bryuynega qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images

Belgiyalik yarim himoyachi Kevin de Bryuyne okean ortiga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. MLSning bir nechta klublari yulduz futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor.

Insayder Ekrem Konur ma’lumotlariga ko‘ra, 35 yoshli futbolchiga «Inter Mayami», «San-Diyego» va «Chikago Fayr» klublari shartnoma taklif qilmoqchi.

Ayni paytda de Bryuyne «Napoli» futbolchisi hisoblanadi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026/2027-yilgi mavsum oxirida o‘z nihoyasiga yetadi.

Italiya A Seriyasining joriy mavsumida belgiyalik futbolchi neapolliklar safida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Kevin 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting