locale OZ

MLSda Messidan qimmatroq ikki futbolchi ma'lum qilindi

Messi 2023 yildan buyon «Inter Mayami» safida o‘ynamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MLSda Messidan qimmatroq ikki futbolchi ma'lum qilindi
ФОТО: Getty images

Transfermarkt portali MLSda eng qimmat futbolchilar ro‘yxatini taqdim etdi.

Reytingning birinchi pog‘onasidan «Toronto» futbolchisi Josh Sargent hamda «Sinsinnati» vakili Evander joy oldi. Har ikki futbolchi 16 million yevroga baholangan.

Keyingi o‘rinda «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi qayd etildi. Sakkiz karra «Oltin to‘p» sohibining transfer narxi 15 million yevroni tashkil qilmoqda.

Yana ikki futbolchi — «San-Diego» vakili Anders Dreyer hamda «Los-Anjeles» futbolchisi Son Hyon Min ham aynan shu summaga baholangan.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2023 yildan buyon «Inter Mayami» safida o‘ynamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting