locale OZ

MLS pley-off bosqichi. «Inter Mayami» keyingi bosqichga chiqdi, Messidan dubl

Endilikda Maskerano shogirdlari “Tsintsinnati” bilan kuch sinashadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MLS pley-off bosqichi. «Inter Mayami» keyingi bosqichga chiqdi, Messidan dubl
ФОТО: Getty images

MLS pley-off bosqichi doirasida “Inter Mayami” o‘z uyida “Nashvill”ga qarshi uchinchi uchrashuvini o‘tkazdi.

Mazkur bahsda mayamiliklar yirik 4:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Lionel Messi uchrashuvda to‘liq harakat qildi va ikki gol hamda bir assist muallifi bo‘ldi. Mezbonlarning yana ikki goli Allende nomiga qayd etildi.

Shu tariqa, Mayami klubi pley-off bosqichining chorak finaliga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda Maskerano shogirdlari “Tsintsinnati” bilan kuch sinashadi.

MLS pley-off bosqichi. 9 noyabr
Inter Mayami — Nashvill 4:0
Gollar: Messi 10, 39, Allende 73, 76

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting